SportUz.Tv
iks
ads

Jastin Getji Tramp bilan pulga golf o'ynamoqchi

23.10.2026 15:42    


Rasmni yuklab olish

UFC engil vazn chempioni Jastin Getji AQSH prezidenti Donald Tramp bilan pul tikib golf o'ynashni istayotganini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Trampning o'zi uni golfga taklif qilgan.

Getji yaqinda sobiq UFC chempioni Maks Xollouey tashkil etgan xayriya golf turnirida qatnashdi. Jangchining o'zi ham avval to'rt marta shunday tadbirlar o'tkazgan, navbatdagi turniri esa noyabr oyida Arizonada tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Dastinning aytishicha, u turli sheriklar bilan golf o'ynagan, biroq Tramp bilan maydonga chiqish uning istaklaridan biri bo'lgan.

Taxminan uch hafta avval jangchi ota-onasi bilan Oq uyga tashrif buyurib, AQSH prezidenti bilan tushlik qilgan. Uchrashuv davomida Tramp uni golf o'ynashga taklif qilgan.

«U menga golf o'ynashimizni aytdi. Biz yaqin do'st emasmiz, lekin u bu o'yinni yaxshi ko'radi. Men pul tikishni taklif qildim. Taxminan uch hafta avval ota-onam bilan Oq uyda bo'ldik va u erda tushlik qildik. O'shanda u pulga o'ynashimizni aytdi. Prezidentdan pul yutib olish juda zo'r bo'lardi», — deydi Getji Destini Makkabbinga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: