SportUz.Tv
iks
ads

Benavides va CHeslyak o'rtasidagi birlashtiruvchi jangi rasman elon qilindi

23.10.2026 19:21    


Rasmni yuklab olish

Birinchi og'ir vaznda WBA va WBO chempioni Devid Benavides hamda WBC chempioni Mixal CHeslyak o'rtasidagi birlashtiruvchi jang rasman tasdiqlandi.

Bellashuv 5 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Benavides so'nggi bor 2026 yil may oyida ringga chiqib, Xilberto Ramiresni oltinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan. Amerikalik bokschi professional faoliyatida 32 ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Ularning 26 tasi nokaut bilan yakunlangan.

Mixal CHeslyak esa so'nggi jangini 2026 yil iyun oyida o'tkazgan. Polshalik bokschi Jan Paskalni to'rtinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan. CHeslyak hisobida 28 ta g'alaba bor, shundan 22 tasi nokaut bilan qo'lga kiritilgan. U professional faoliyatida ikki marta mag'lub bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: