SportUz.Tv

«Real» ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2004 yildan beri eng yomon seriyani qayd etdi

25.04.2026 16:12    


Rasmni yuklab olish

«Real» La Ligadagi so‘nggi o‘nta uchrashuvining har birida kamida bittadan gol o‘tkazib yubordi (jami 13 ta gol). Bu jamoaning bir mavsum doirasida “quruq” o‘yinsiz qolgan eng yomon seriyasi bo‘lib, bunday holat oxirgi marta 2004 yil may oyida kuzatilgan edi.

O‘shanda jamoa bosh murabbiyi Karlush Keyrush bo‘lgan va o‘sha seriya 20 ta o‘yinga cho‘zilgan, “qaymoqranglilar” o‘sha bahslarda 36 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Hozirda «Real» 33 turdan keyin 74 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona»dan farq sakkiz ochkoni tashkil qiladi, ammo kataloniyaliklarda yana bitta zaxira o‘yini mavjud.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi turda «Real» «Betis» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: