SportUz.Tv

Opta statistika portali JCH–2026 g‘olibligi uchun o‘z taxminini yangiladi

10.06.2026 21:24    


Rasmni yuklab olish

Opta statistik xizmati turnir boshlanishi arafasida 2026 yilgi jahon chempionati uchun yangilangan prognozini taqdim etdi.

Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, musobaqada g‘olib chiqish uchun asosiy favorit Ispaniya terma jamoasi bo‘lib, uning chempionlik ehtimoli 15,98 foiz deb baholangan. Shuningdek, bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlar uchligiga Fransiya (12,88%) va Angliya (10,84%) terma jamoalari ham kiritilgan.

Opta prognoziga ko‘ra, chempionlik uchun g‘alaba qozonish imkoniyati nol foiz deb baholangan yagona ikki jamoa — Kyurasao va Gaiti terma jamoalaridir.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Musobaqa tarixida ilk bor mundialda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: