
"Tan olish kerak, hozircha Qirg'iziston va Tojikiston MMA jangchilarining darajasi biznikilardan biroz balandroq. Toshkentda bo'lib o'tgan ACA turnirida ham buni hamma ko'rdi. Biznikilar ham yomon emas, yigitlarimiz juda zo'r. Lekin baribir o'z ustimizda yanada ko'proq ishlashimiz kerak. Bu gap nafaqat boshqalarga, balki o'zimga ham tegishli. Keyin yana bir narsaga ahamiyat bersalaringiz, Tojikiston va Qirg'izistonning haqiqiy jangchilarini mediasi unchalik kuchli emas, lekin ular oktagonga chiqqanda hammasini o'sha erda isbotlaydi", deydi Ro'ziboev.
Kasimero – Ahmadaliev jangi Murodjon uchun qanchalik ahamiyatga ega? Ehtimoliy to'qnashuv tahlili