
UFC rahbari Dana Uayt agar Aleks Pereyra Siril Ganni mag'lub etib, og'ir vazn toifasida chempion bo'lsa, uni tarixdagi eng buyuk jangchi deb hisoblashini aytdi.
"Menimcha, Aleks Pereyra nafaqat men uchun, balki hamma uchun barcha davrlarning eng buyuk jangchisiga aylanadi. Bu yigit bir vaqtlar o'rta vaznda jang qilgan. Agar yakshanba kuni og'ir vaznda chempionlikni qo'lga kiritsa, uni tarixdagi eng buyuk jangchi emas deb bahslashish juda qiyin bo'ladi", — dedi Uayt.
Kasimero – Ahmadaliev jangi Murodjon uchun qanchalik ahamiyatga ega? Ehtimoliy to'qnashuv tahlili