
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior bir necha kun oldin Ispaniya La Ligasidagi to‘rtta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi. Braziliyalik futbolchi «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda raqibining sochidan tortgani uchun qizil kartochka olganidan keyin jazolandi.
The Touchline nashri xabar berishicha, «Real»ning Vinisius diskvalifikasiyasi bo‘yicha bergan apellyasiyasi rad etilgan. Shu tariqa, avvalgi qaror o‘z kuchida qoldi va braziliyalik hujumchi chempionatning to‘rtta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Shunday qilib, Joze Mourinyo Vinisius Juniorga «Sevilya» (18 oktyabr), «Barselona» (25 oktyabr), «Rasing» (1 noyabr) va «Valensiya» (7 noyabr) jamoalariga qarshi o‘yinlarda tayana olmaydi.