SportUz.Tv
iks
ads

Flik: «Yaxshi yangilik bor»

16.10.2026 17:00    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liganing «Betis»ga qarshi safardagi uchrashuvida Rafinya maydonga tushish uchun o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladimi, degan savolga javob berdi.

Ma’lumki, Rafinya Braziliya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lgan vaqtida jarohat olgani sababli «Barselona»ning so‘nggi bir nechta uchrashuvini o‘tkazib yubordi.

«Agar Rafinyaning o‘zidan so‘rasangiz, u asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyorligini aytadi. Ammo men bosqichma-bosqich harakat qilishim kerak. U jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarda yaxshi ishtirok etdi, biroq ehtiyotkor bo‘lishimiz lozim. Yaxshi yangilik bor: Rafinya ham, de Yong ham o‘yinda ishtirok etishga tayyor bo‘ladi», — dedi Flik jurnalistlarga.

«Betis» va «Barselona» o‘rtasidagi La Liga uchrashuvi 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: