SportUz.Tv
iks
ads

Flik Yamalni ogohlantirdi

16.10.2026 17:12    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik matbuot anjumanida jamoa vingeri Lamin Yamal haqidagi savolga javob berdi. Germaniyalik mutaxassis Yamal har doim ham o‘yinni to‘liq o‘tkazmasligini ta’kidladi.

— Yamalning maydonda o‘tkazadigan vaqtini qanday boshqaryapsiz?

— Bu savolga javob berish oson emas. Biz uning o‘yin vaqtini me’yorlashtirishimiz kerak. Ammo eng muhimi — u futboldan zavq olishi. Hozir aynan shuni qilyapti.

Hafta davomida Lamin Yamal «Barselona»ga «Galatasaray»ga qarshi safardagi uchrashuvda yordam berdi. Kataloniyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi, Yamal esa o‘z hisobida ikkita golli uzatmani qayd etdi.

17 oktyabr, shanba kuni «Barselona» La Liga doirasida safarda «Betis»ga qarshi maydonga tushadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: