
Jeyk va Vudli 28 avgust kuni o'zaro boks qoidalari bo'yicha jang qilishadi.
"Menimcha, bu jang uch raund davom etadi. Uni birinchi raundda nokaut qilaman desam, bu kulgili eshitiladi. Kimdir Tayron Vudli bilan jang qilayotgan bo'lsa, unga yaxshilab himoyalanishni maslahat beraman.
Bu jang men uchun yangi sahifa. Qanday tushuntirsam ekan, siz biror bir jangchini mag'lub qilganingizdan so'ng, hamma sizni o'tmishdan kimlarni yutganingizni unitib, faqat shu jangingizni gapirishadi. Ushbu jang ham aynan shunday bo'ladi.
Men Jeykni nokaut qilaman, ammo unga juda ko'p zarar etkazmasligim lozim. U ringga revansh uchun qaytsa, men bankni ikki marta o'marganday bo'laman", - dedi Tayron Vudli.
Nursulton Ro'ziboev ukasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Moskva shahriga etib bordi + VIDEO
Dana Uayt - Makgregorning kelajagi haqida: "Agar yutsa beshta, yutqazsa uchta scenariy bor"