
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev ikkinchi jangini Janubiy Koreya vakili Kim Minseongga qarshi o'tkazdi.
To'liq davom etgan jangda Javohir 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jang davomida bokschimiz raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Endi ertaga Javohir chorak finalda qozog'istonlik Nurbek Oralbayga qarshi jang o'tkazadi.
Nursultonga mag'lub bo'lgan Bruno Ferreyra bu safar Ikram Aliskerovga imkoniyatni boy berdi