"Yaqin orada ko'rishamiz". Ngannu Nemkovning chorloviga javob berdi
14.12.2025 19:03
1104
Rasmni yuklab olishUFC’ning og'ir vazn toifasidagi (120 kggacha) sobiq chempioni, kamerunlik Frensis Ngannu PFL’ning yangi chempioni rossiyalik Vadim Nemkovning chaqiriqiga javob berdi.
"Men ancha vaqtdan beri tayyor edim. Yaqin orada ko'rishamiz", — deb yozdi Frensis Ngannu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Nemkov navbatdagi rejalari haqida gapira turib, Ngannu bilan jang qilish istagi borligini aytgandi.
Do`stlarga yuboring: