SportUz.Tv

Virjil Ortis Oskar De La Xoyyani sudga berdi

17.01.2026 13:42    


Rasmni yuklab olish

Birinchi o'rta vaznda WBC vaqtinchalik chempioni Virjil Ortis o'z promouteri Oskar De La Xoyya va Golden Boy promouterlik kompaniyasini sudga berib, shartnomani bekor qilishni talab qildi.

The Ring xabariga ko'ra, Ortisning fikricha, De La Xoyya uning yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jeyron Ennis bilan jangini tashkillashtirishga xalaqit bermoqda. 32 sahifadan iborat davo arizasida Oskarning boshqa promouterlar va nufuzli investor Turki Al ash-SHayx bilan yomon munosabatda bo'lgani, shuningdek, uning taqiqlangan moddalarni istemol qilishga moyilligi haqida so'z boradi.

Eslatib o'tamiz, Ennis va Ortis o'rtasidagi jang haqidagi gap-so'zlar bir necha yil oldin boshlangan, o'shanda ular ikkalasi ham faqat istiqbolli yarim o'rta vazn toifasida edi. Ammo keyin bokschilar turli vazn toifalariga o'tib ketgani bois malum vaqt jim bo'lib qoldi. 

Ennis birinchi o'rta vazndagi debyutini 2025 yil oktyabr oyida muvaffaqiyatli o'tkazdi va uning vakillari darhol Ortiz bilan jang bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi. Bokschilarning o'zlari bu vaqtga kelib jangni o'tkazish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan edilar, lekin ularning jamoalari o'rtasidagi savdolar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Xususan, Oskar De La Xoyya gonorar masalasida murosasiz poziciyani tanlab, mukofot jamg'armasini 60 ga 40 nisbatda Ortiz foydasiga bo'lishni talab qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: