SportUz.Tv

Dvalashvili nima uchun UFC Yan bilan trilogiyani Oq uydagi turnirga qo'ymasligini aytdi

04.03.2026 15:03    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili Petr Yan bilan trilogiyasi Oq uydagi turnirda bo'lmasligini aytdi.

"Revanshdan so'ng UFC'dagi yigitlar menga qo'ng'iroq qilib shunday deyishdi: "SHoshilma, qancha kerak bo'lsa, shuncha muddat tiklanib ol va sen darxol kamar uchun jang qilasan. SHunchaki, tayyor bo'lgan vaqtingda bizga ayt.

Menejerim esa bizga Oq uydagi turnirda jang berilmasligini aytdi. CHunki, men Gruziyadan, Pyotr esa Rossiyadan. Bundan mano yo'q. Men Pyotr operaciya bo'lgani haqidagi xabarni ko'rdim va endi menda hozir jang yo'q. Iyunda jang qilmasligimni bilaman. Iyulni kutaman. Ammo, UFC qachon jangimizni tashkil etishini bilmayman", - dedi Dvalishvili. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: