SportUz.Tv

"CHimaevni nokaut qila olishimga ishongandim" - Dyu Plessi

04.03.2026 17:30    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni, janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi Xamzat CHimaev bilan o'tkazilgan jang haqida fikr bildirdi.

Ular UFC 319 turnirida CHikagoda to'qnash kelgan va jang CHimaevning g'alabasi bilan yakunlangandi.

"CHimaevga qarshi jangning so'nggi raundiga chiqqanimda, uni sabmishn yoki nokaut bilan mag'lub etishimga 100 foiz ishonchim bor edi. Xamzat u erda qolishni istamay qolayotganini his qildim. Uni nokaut qila olishimga ishongandim", — dedi dyu Plessi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: