
U 9 mart kuni Zuffa ligasi chempionligi uchun jang qilishi lozim. Dana Uayt uning bokschilari boshqa kamarlarga ega bo'lishiga qarshi emas. Ammo u o'z ligasida boshqa tashkilotlar kamarlarini tan olmaydi.
9 mart sanasiga belgilangan Opetayya - Glenton jangi afishasida faqatgina Zuffa talqini bo'yicha og'ir vazn chempionlik kamari uchun jang bo'lishi ko'rsatilgan. Boshqa kamarlar haqida malumot yo'q.
Bunga javoban, IBF Opetayya o'zi uchun aniqlab olishi kerakligini malum qilgan: agar u Zuffa kamari uchun jang qilsa, uni IBF kamaridan mahrum etishadi. CHunki davogar bokschi nomi tashkilot bilan kelishilmagan. Glenton IBF reytingida yo'q bokschi hisoblanadi.
Endi bunday holatlardan ko'rinib turibdiki, bokschilar Zuffa va klassik tashkilotlar o'rtasida tanlov qilishlari lozim. Bu esa albatta Uaytga chempionlar bilan shartnoma tuzish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi.