
Maks bo'lajak jangda nomdor raqibi ustidan og'ritish usuli bilan g'alaba qozonishni istayotganini aytdi.
"Buni ko'rgan murabbiylarim meni o'ldirib qo'yishsa kerak. Ammo BMF uchun jangda eng yaxshi variant hammaga og'riq usullarini o'zi o'tkazadigan CHarlzni "tinchlantirish" bo'lardi", - deya Xollouey so'zlarini keltiradi Home of Fight’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi.
Malumot uchun, 34 yoshli Xolloueyning professional rekordi 27 g'alaba (14 tasi muddatidan oldin) va 8 mag'lubiyatdan iborat. 2017 yildan 2019 yilgacha u yarim engil vazn toifasida UFC chempionligini o'zida saqlab turgan.

Volkanovski: "Agar Xollouey Oliveyrani engsa, unga chempionlik jangini rad etib bo'lmaydi"