SportUz.Tv

Aleksandr Usik Fyuri, Joshua va Uaylder uchligidan eng kuchlisini tanladi

18.01.2026 08:57    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik yulduzli sportchilar uchligidan eng kuchlisini aytdi.

Mag'lubiyat va murosasiz kelayotgan ukrainalik 39 yoshli bokschi o'z divizioni etakchilari Tayson Fyuri, Entoni Joshua va Deontey Uaylder orasidan eng kuchlisi kim degan savolga javob berdi.

— Fyuri, Joshua va Uaylderni eng kuchlisidan eng kuchsiziga qarab taqsimlasak-chi?

— Menda "kuchli" degan tushuncha yo'q. Ularning har biri bugungi darajasiga etish uchun yillar sarflagan. Ammo jangga tayyorgarligigining murakkabligi va jangning shiddatiga ko'ra, birinchi o'ringa Tayson Fyurini qo'yaman. Ikkinchi o'rinda Entoni Joshua turibdi. Deontey Uaylderni hozircha uchinchi o'ringa qo'yaman, chunki u bilan hali jang o'tkazmaganman. Bu mutlaqo subektiv tanlov", - deya Usikning so'zlarini keltiradi Redy to Fight nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: