
BAA fuqaroligiga ega rossiyalik 31 yoshli aralash yakkakurash ustasi yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni nigeriyalik Kamaru Usman bilan jang faoliyatidagi eng qiyini bo'lganini tan oldi. Ushbu jang UFC 294 turniri doirasida bo'lib o'tgan va unda hakamlar qaroriga ko'ra Borz g'alaba qozongan edi.
"O'shanda men SHveciyadan BAAga endigina ko'chib o'tgandim, shuning uchun mashq qilishim qiyin bo'lgandi. Yonimda yaxshi jamoa yo'q edi, faqat bir nechta do'stim bor edi xolos. SHu sababli Kamaru bilan jang men uchun juda qiyin kechgandi", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi Red Corner MMA’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi.

Volkanovski: "Agar Xollouey Oliveyrani engsa, unga chempionlik jangini rad etib bo'lmaydi"