SportUz.Tv

Hamyurtimiz GFC Ligasida chempionlik kamari uchun jang qiladi (POSTER)

06.02.2026 11:03    


Rasmni yuklab olish

14 fevral kuni Gruziyaning Batumi shahrida MMA bo'yicha GFC 36 turniri o'tkaziladi.

Ahamiyatlisi, ushbu oqshomning markaziy bahsi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Muhammadumar Abdurahmonov ishtirokida kechadi. Unga o'sha kuni mezbon yurt vakili Beka Tamliani raqib bo'ladi. Jang yarim o'rta vazn toifasida GFC chempionlik kamari uchun o'tkaziladi. 

Malumot uchun, Muhammadumar Abdurahmonov faoliyati davomida hozirgacha 8 ta jang o'tkazib, 6 g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Tamliani hisobida esa 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.


GFC 36 turnirining to'liq kardi quyidagicha:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: