
Musobaqaning markaziy jangida engil vazn toifasining rossiyalik amaldagi chempioni Usman Nurmagomedov Angliya vakili Alfi Devis bilan to'qnash keladi.
Ikkinchi asosiy bellashuv esa ikki rus sportchisi — Ramazan Kuramagomedov va SHamil Musaev o'rtasida kechadi. Jang yarim o'rta vazn toifasidagi vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi.
Bugun turnir ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Natijalar quyidagicha:
Yarim o'rta vaznda chempionlik kamari uchun: Ramazan Kuramagomedov 77,1 kg - SHamil Musaev 77 kg
Engil vaznda chempionlik kamari uchun: Usman Nurmagomedov 70,3 kg - Alfi Devis 70,1 kg
Yarim engil vaznda: Xesus Pineda 65,8 kg - Salamat Isbulaev 65,4 kg
Yarim o'rta vaznda: Abdul Abduragimov 77,2 kg - Kendli Sent Luis 77,5 kg
Eng engil vaznda: Edgars Skrivers 61,3 kg - Renta Xavalov 61,7 kg
Eng engil vaznda: Teylor Lapilus 61,5 kg - Kasum Kasumov 61,7 kg
Og'ir vaznda: Puyya Raxmani 113,4 kg - Karl Uilyams 116,2 kg
Engil vaznda: Amin Ayub 70,4 kg - Makkasharip Zaynukov 70,7 kg
Yarim og'ir vaznda: Xabib Nabiev 93,1 kg - Axmed Sami 93,1 kg
Engil vaznda: Amru Magomedov 70,6 kg - Kolton Inglund 70,6 kg.
Volkanovski: "Agar Xollouey Oliveyrani engsa, unga chempionlik jangini rad etib bo'lmaydi"