SportUz.Tv

UFC Fight Night 266. To'rt jangchi vazn qila olmadi, ular orasida Muin Gafurov ham bor

07.02.2026 11:33    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Bugun UFC Fight Night 266 turniri jangchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda merikalik Mario Bautista braziliyalik Vinishius Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi. Ikkala aralash yakkakurash ustasi ham belgilangan vazn meyorini bajardi. Mario tarozida 61.46 kg, Vinishius esa 61.69 kg tosh bosdi. 

Etiborlisi shundaki, to'rt nafar jangchi vazn meyorini qila olmadi. Ular orasida tojikistonlik Muin Gafurov ham bor. U meyordan 2.27 kg ko'p vazn ko'rsatdi va endi gonorarining kattagina qismini Yakub Viklacga beradi. Gafurov 63.96 kg, Viklac 61.46 kg vazn qayd etdi. 

SHuningdek, Janni Vaskes (2.27 kg), Van Kong (0.68 kg) va Eduarda Moura (0.45 kg) ham limitdan ortiq vazn ko'rsatgan. Ular ham o'z gonorarlarining malum qismini jarima sifatida to'laydilar. Van Kong va Eduarda Mouraning o'zaro jang qilishi ahamiyatga molik holat. 


UFC Fight Night 266 tarozi natijalari:

Asosiy kard janglari

Mario Bautista (61.46 kg) — Vinishius Oliveyra (61.69 kg)

Amir Albazi (56.93 kg) — Kiodji Xoriguchi (57.15 kg)

Jailton Almeyda (109.32 kg) — Rizvan Kuniev (119.75 kg)

Mark-Andre Barrio (83.7 kg) — Mixal Oleksiychuk (84.37 kg)

Farid Basharat (61.69 kg) — Jan Macumoto (61.46 kg)

Dastin Jeykobi (92.76 kg) — Julius Uoker (93.44 kg)


Prelim kard janglari

Daniil Donchenko (77.34 kg) — Aleks Morono (77.34 kg)

Niko Prays (77.56 kg) — Nikolay Veretennikov (77.34 kg)

Bruna Brazil (52.62 kg) — Ketlin Souza (52.39 kg)

Javid Basharat (61.46 kg) — Janni Vaskes (63.96 kg)*

Van Kong (57.83 kg)** — Eduarda Moura (57.61 kg)***

Muin Gafurov (63.96 kg)*** — Yakub Viklac (61.46 kg)

Priscila Kechoeyra (61.46 kg) — Klaudiya Sigula (61.46 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: