
Reyting pasayib boruvchi tizim bo'yicha shakllantiriladi: ekspertlar birinchi o'ringa qo'ygan bokschi 10 ochko, ikkinchi o'ringa munosib ko'rilgani 9 ochko oladi va hokazo.
Ro'yxatni superog'ir vaznda jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik boshqarmoqda. Yaponiyalik Naoya Inoue ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Jessi Rodriges uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. Dmitriy Bivol esa reytingda pastladi.
ESPN P4P Top-10 reytingi:
1. Aleksandr Usik (24-0).
2. Naoya Inoue (32-0).
3. Jessi Rodriges (23-0).
4. Dmitriy Bivol (24-1).
4. SHakur Stivenson (25-0).
6. Artur Beterbiev (21-1).
7. Devid Benavides (31-0).
8. Dzyunto Nakatani (32-0).
9. Devin Xeyni (33-0).
10. Saul Alvares (63-3-2).

Volkanovski: "Agar Xollouey Oliveyrani engsa, unga chempionlik jangini rad etib bo'lmaydi"