
Bu haqda ESPN portali xabar berdi.
Malumotlarga ko'ra, hali to'liq kelishuvga erishilmagan, biroq muzokaralar oldinga siljiyapti, chunki har ikki bokschi promouter Frenk Uorrenning mijozlari hisoblanadi. SHu tariqa, jangni tashkil etish uchun to'siqlar ko'p bo'lmasligi kutilmoqda.
Fabio Uordlining menejeri Maykl Ofo ham ushbu jangni tashkil qilish tarafdori ekanini bildirdi.
"Daniel Dyubua masalasiga kelsak, aniqki, Fabio bu jangdan juda xursand bo'lardi. Og'ir vaznda jahon chempioni unvoni uchun sof britancha to'qnashuvdan yaxshirog'i yo'q!" — deya Ofoning so'zlarini keltiradi ESPN.
Volkanovski: "Agar Xollouey Oliveyrani engsa, unga chempionlik jangini rad etib bo'lmaydi"