SportUz.Tv

Beterbiev The Ring P4P reytingida kuchli beshlikdan chiqib ketdi, qolganlarning o'rni qanday?

10.02.2026 14:57    


Rasmni yuklab olish

Nufuzli The Ring jurnali vazn toifasidan qati nazar dunyodagi eng yaxshi bokschilar reytingining yangilangan talqinini taqdim etdi.

Reytingning yangi tahririda amerikalik SHakur Stivenson vatandoshi Teofimo Lopesni mag'lub etgani va birinchi yarimo'rta vaznda WBO kamarini qo'lga kiritganidan keyin kuchli uchlikka kirib oldi. SHu tariqa, Jessi Rodriges, Dmitriy Bivol, Artur Beterbiev va Dzyunto Nakatani bir pog'ona pastladi.

The Ring jurnali versiyasi bo'yicha 10 fevral holatiga ko'ra vazn toifasidan qati nazar dunyodagi eng yaxshi bokschilar reytingi:

1.Aleksandr Usik (24-0).

2.Naoya Inoue (32-0).

3.SHakur Stivenson (25-0).

4.Jessi Rodriges (23-0).

5.Dmitriy Bivol (24-1).

6.Artur Beterbiev (21-1).

7.Dzyunto Nakatani (32-0).

8.Devid Benavides (31-0).

9.Devin Xeyni (33-0).

10.Oskar Kollaso (13-0).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: