
Unga ko'ra, hamyurtimiz faoliyat olib boradigan o'ta engil vazn toifasida Iroq vakili Amir Albazidan ustun kelgan yaponiyalik Kyoji Xoriguchi uch pog'ona yuqorilab, beshinchi o'ringa joylashdi. Brendon Moreno, Amir Albazi va qozog'istonlik Asu Almabaev esa bir pog'onadan pastladi.
Temirov hozirda UFC reytingidan chiqarilgan.

Yarim og'ir vazn toifasida ham kichik o'zgarish yuz berdi. O'tgan haftada Julis Uokerdan ustun kelgan amerikalik Jastin Jeykobi reytingga ilk bor kiritilib, 14-pog'onaga joylashtirildi. Jang Mingyang esa 15-o'ringa tushdi.
Yurtdoshimiz Bogdan Guskov hozirda yarim og'ir vazn toifasida UFC reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.

"Bunday urush paytida Oq uyda UFC turniri o'tkazish g'alati" - amerikalik tahlilchi
Fyuri o'z cho'qqisidagi Usik va Mayk Tayson o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishini aytdi