SportUz.Tv

Mangu 1 turnirining eng yaxshi jangi uchun ajratilgan bonusi sohiblari malum bo'ldi (FOTO)

11.02.2026 17:42    


Rasmni yuklab olish

Bir necha kun oldin poytaxtimizda MMA bo'yicha Mangu 1 turniri bo'lib o'tgan edi.

Tashkilotchilar musobaqaning eng yaxshi jangi uchun atalgan bonus sohiblarini elon qilishdi.

O'ta engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubovning Braziliya vakili Nildo Machadoga qarshi bahsi mazkur bonusga loyiq ko'rildi. Har ikki jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari 1,500 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritishdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur jangda Yoqubov ikkinchi raundda nokaut orqali zafar quchgandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: