
"Ko'zidagi jarohati jiddiylashganidan so'ng, Optegra mutaxassislar jamoasi UFC chempionini qo'llab-quvvatlaganidan faxrlanadi.
So'nggi bir necha oy ichida biz uning tiklanishi ustida yaqindan hamkorlik qildik. Ikkala ko'zi ham operaciya qilinganidan so'ng, biz Tomning ko'rish qobiliyatini jangovar holatga qaytarish uchun safarimizni davom ettirmoqdamiz", deb yozgan klinika ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali.
Aspinall ilk ko'z operaciyasini 2025 yil dekabr oyi oxirida o'tkazgandi.
Endi Tomning kamida sakkiz oydan keyin oktagonga qayta olishi mumkinligi aytilmoqda.
Volkanovski: "Agar Xollouey Oliveyrani engsa, unga chempionlik jangini rad etib bo'lmaydi"