SportUz.Tv

Tom Aspinall UFC chempionlik kamarini o'z ixtiyori bilan topshirishdan bosh tortdi

13.02.2026 14:45    


Rasmni yuklab olish

Siril Ganga qarshi jangda jarohat olgan ko'zlarini davolash bilan band bo'layotgan Tom Aspinall UFC’ning chempionlik kamarini bo'shatish haqidagi taklifini rad etdi.

U aksincha, tashkilotdan istefoga chiqish bo'yicha qarshi talab qo'ydi, deydi aralash yakkakurashlar faxriysi va tahlilchi Josh Tomson.

"UFC Tom Aspinalldan qaytishga tayyor bo'lmaguncha kamarni bo'shatishni so'radi. U esa UFC rahbarlari tashkilotdan qo'yib yuborishga rozi bo'lsa, kamarni topshirishga tayyorligini aytdi. Bu holat unga yo'l ochadi - Tom boks bilan shug'ullanishi mumkin. Bu haqiqatan ham juda g'alati holat. Og'ir divizionda hozir to's-to'polon.

Jaylton Almeyda ketdi - uni yaqindagina promoushendan ketkazishdi. Tom Aspinall ham ketishi mumkin. Jon Jons qaytib kelmoqchi emasga o'xshaydi. Divizionda to's-to'polon, haqiqiy falokat. Og'ir va yarim og'ir divizionlar hozirda tarixdagi eng yomon holatda", - dedi Tomson o'z podkastining navbatdagi sonida.

Eslatib o'tamiz, ikki kun avval Tom Aspinall ko'zida navbatdagi jarrohlik amaliyotini o'tkazganini malum qilgan va bu bilan muxlislar uning tez orada oktagonga qaytishini kutmasliklari kerakligini bildirgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: