SportUz.Tv

"Bu faoliyatimdagi eng muhim lahzalardan biri edi" - Volkanovski Maxachev bilan jangni esladi

13.02.2026 17:42    


Rasmni yuklab olish

UFC yarimengil vazn toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski yarimo'rta vazn toifasidagi chempioni Islam Maxachevga qarshi birinchi jangini faoliyatidagi eng muhim lahzalardan biri deb atadi.

"Biz hammamiz Islam qanchalik yaxshi ekanini bilamiz. U hozirgacha nima qilayotganiga qarang. O'sha paytda uning rekordi hozirgidek yorqin emas edi, lekin hamma uning qanchalik kuchli ekanini tushunardi.

Va men shunday uslubdagi jangchiga qarshi oktagonga ko'tarilyapman — hamma menda imkoniyat yo'q, deb o'ylardi.

O'sha jangda qilgan ishlarim, qanday chiqish qilganim, va haligacha ko'plar men yutganman deb hisoblashi… Men vazn toifasidan qati nazar birinchi raqam bo'lib qolganman — bu aqlbovar qilmas edi.

Biz Avstraliyada rekordlar o'rnatdik — tashrif, daromad, PPV bo'yicha... Bu katta ko'lamdagi jang edi, u butun xaypni oqladi. Hatto mag'lubiyatga qaramay, men buni ehtimol faoliyatimdagi eng muhim lahzalardan biri deb hisoblayman", — dedi Volkanovski.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: