
"Iliyaning Maxachevga qarshi jangi — bu, shubhasiz, jamoamizda eng kutilayotgan jang. Divizionda Topuriyadan yaxshiroq hech kim yo'q, Islam esa ikki karra chempion. Bu yarimo'rta vazn va MMA’ning ikki afsonasi o'rtasidagi to'qnashuv. Biz aynan shuni kutyapmiz.
Iliya ham, Islam ham — ular to'qnash kelgan har kimni yo'q qiladigan ikki jangchi. Ularning jangi titanlar to'qnashuviga aylanadi, ham Maxachevning, ham Topuriyaning o'ziga xos uslubi bor.
Men bu ertami-kechmi, baribir ro'y berishini bilaman, chunki buni ikki jamoa ham xohlayapti, UFC ham. Ular shunchaki eng mos paytni izlayapti [bu jangni tashkil qilish uchun]", — dedi Kliment.
Volkanovski: "Agar Xollouey Oliveyrani engsa, unga chempionlik jangini rad etib bo'lmaydi"