
Faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlagan amerikalik 49 yoshli afsona kikboksing bo'yicha ko'p karra jahon chempioni, greciyalik 45 yashar Mayk Zambidis bilan boks bo'yicha ko'rgazmali jang o'tkazadi.
"2026 yil men uchun allaqachon hayajonli yil bo'lib ko'rinmoqda. Evropa, men sizni xursand qilish uchun yo'ldaman", deb suratga izoh qoldirgan Meyvezer va uni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan.
Malumot uchun, Floyd boksda 50 ta g'alabaga erishgan, shundan 27 tasida muddatidan oldin zafar g'alaba quchgan va birorta ham mag'lubiyatga uchramagan. U 1996 yilgi Olimpiadaning bronza medali sovrindori hisoblanadi.
Mayk Zambidis esa 2000 yildan 2019 yilgacha kikboksingda professional darajada ishtirok etgan. Uning hisobida 158 g'alaba va 22 mag'lubiyat bor.
