
Garsiya X ijtimoiy tarmog'ida: "Xeyni, sen bilan hisob-kitob qilish vaqti keldi. Seni kukunga aylantirishadi, sen mening ismimni tilga olganingni eshitdim. Agar rostdan ham shuni xohlasang — muzokaralarni boshlaylik. So'zlarimni eslab qol: bu jangdan keyin sen boshqa ringga chiqmaysan, shuning uchun “ha” deb javob berishdan oldin yaxshilab o'ylab ol", — deb yozdi.
Xeyni esa javoban: "Avvalo doping-testdan boshlaymiz, shunda boksdagi eng katta jangni tashkil qilishimiz mumkin!" — dedi.
Eslatib o'tamiz, bokschilarning ilk jangi 2024 yil aprelida bo'lib o'tgan va unda hakamlar qaroriga ko'ra Garsiya g'alabaga erishgandi. Ammo keyinchalik Garsiyaning doping-testdan o'ta olmagani sababli jang natijasi bekor qilingan.
