SportUz.Tv

Logan Pol Floyd Meyvezer uni 1,5 mln dollarga "uxlatgan"ini davo qilmoqda

03.03.2026 11:42    


Rasmni yuklab olish

Jeyk Polning ukasi Logan Polning aytishicha, Floyd Meyvezer hali hanuz qarzini bermagan.

Amerikalik 30 yoshli yutuber va restlerning davosida keltirilishicha, Meyvezer 2021 yilda o'tkazilgan jang uchun unga hali ham 1,5 million dollar pulini bermagan.

"U Dubay yoki Yaqin SHarqdagi kompaniyaga mening ishtirokimdagi jang huquqini 10 million dollar naqd pulga sotgan. Natijada biz AQSHda boshqa kompaniya bilan jang o'tkazdik. Jangni u uyushtirgan, ammo Floyd jangimiz huquqini allaqachon boshqa birovga 10 million dollarga sotgan.

15 foizini men olaman deb kelishib oldik, u meni "uxlatib" ketdi. Unga 10 mln dollar to'lagan kompaniya endi u bilan sudlashmoqda. Uning hozirda bir talay huquqiy muammolari bor. Endi bu pullarni olishim dargumon", - dedi Pol The Iced Coffee Hour podkasti efirida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: