SportUz.Tv

Janibek Alimxanuli IBF chempionlik kamaridan mahrum etildi

11.03.2026 10:36    


Rasmni yuklab olish

IBF tashkiloti qozog'istonlik bokschi Janibek Alimxanulini chempionlik unvonidan mahrum qildi.

Reglamentga ko'ra, Alimxanuli shu yilning 4 iyuliga qadar ringga ko'tarilishi kerak edi. Ammo Janibekka qo'yilgan diskvalifikaciya muddati 2 dekabrda tugaydi. SHu bois, IBF kamari vakant deb elon qilindi.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyi boshida Alimxanuli meldoniy uchun ijobiy doping-test topshirgandi. SHu sababli uning WBA kamari sohibi, kubalik tajribali Erislandi Laraga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangi barbod bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: