SportUz.Tv

Arman Carukyan UFC P4P reytingidan chiqarildi

11.03.2026 11:18    


Rasmni yuklab olish

UFC Las-Vegasda bo'lib o'tgan yirik raqamli turnirdan (UFC 326) so'ng vazn toifasidan qati nazar jangchilar reytingini yangiladi.

Reytingning birinchi oltiligi o'zgarishsiz qoldi. Rossiyalik engil vaznli Arman Carukyan esa reytingdan chiqarildi. Tajribali braziliyalik CHarlz Oliveyra esa Maks Xollouey ustidan qozongan ishonchli g'alabasidan aksincha, reytingga kirib oldi. 

Ro'yxatni Islam Maxachev boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan o'z vaznlarida UFC chempionlari Iliya Topuriya va Xamzat CHimaev joy olgan. Top-15`talikni Oliveyraga yutqazib, BMF kamarini boy bergan Maks Xollouey yakunlab bergan.  

P4P reytingi:

1. Islam Maxachev

2. Iliya Topuriya

3. Xamzat CHimaev

4. Aleksandr Volkanovski

5. Aleks Pereyra

6. Petr Yan

7. Tom Aspinell

8. Merab Dvalishvili

9. Aleksandr Pantoja

10. Joshua Van

11. Drikus Dyu Plessi

12. CHarlz Oliveyra

13. Magomed Ankalaev

14. Jek Della Maddalena

15. Maks Xollouey



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: