
Asosiy jangda tashkilotning yarim og'ir vazn toifasidagi (93 kg gacha) sobiq chempioni chexiyalik Irji Proxazka avstraliyalik Karlos Ulbergga qarshi vakant kamar uchun oktagonga chiqadi. Ushbu chempionlik kamari braziliyalik Aleks Pereyra og'ir vaznga o'tganidan keyin vakant, yani egasiz qolgandi.
Ushbu raqamlangan turnirda eng engil vazn (57 kg gacha) toifasi chempioni myanmalik Joshua Van yaponiyalik Tatsuro Tayraga qarshi jangda ilk chempionlik kamar himoyasini o'tkazadi.
SHuningdek, oqshom doirasida yarim og'ir vazn toifasida mag'lubiyatga uchramay kelayotgan rossiyalik Azamat Murzakanov braziliyalik Paulo Kostaga qarshi jang qiladi.

Kolbi Kovingtonning keyingi jangi ham RAF Ligasida bo'lib o'tadi, raqib malum (POSTER)