
"U yakunlashni istamayapti. Uning soniga o'zak hujayralari inekciya qilinganini bilaman. Ha, men buni bilaman, chunki uni uyushtirishga o'zim yordam berganman. Men bu haqda gapirmagan bo'lardim, lekin Jonsning o'zi bu haqda so'z ochdi. U "Ways2Well" klinikasida muolaja oldi va ancha yaxshi bo'lib qoldi. Uning sonida artrit bor. Bu uni tashvishga soladi, lekin u jang qila olmaydigan darajada emas. Jon barcha davrlarning eng buyuk jangchisi, nuqta!", - dedi Rogan o'z podkastining navbatdagi sonida.
Avvalroq, Jon Jons Oq uydagi UFC turnirida Liga bilan oktagonga qaytishi bo'yicha kelisha olmagan hamda Aleks Pereyra bilan jang uchun 15 million dollar gonorar etarli emas deb hisoblagandi. U shuningdek, Dana Uaytning sonidagi muammolar uning faoliyatini davom ettirishga imkon bermasligi haqidagi so'zlariga munosabat bildirib, o'zini tashkilotdan bo'shatishni so'ragan edi.
O'tgan yilning yozida 38 yoshli amerikalik og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamarini bo'shatib, Tom Aspinall bilan birlashtiruvchi jangdan voz kechgan va faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Biroq ikki haftadan so'ng sportdan ketish fikridan qaytgan va doping tekshiruvi bo'limiga qaytgan edi.

Oq uydagi UFC turniri AQSH boks komissiyalari associaciyasi tomonidan licenziyalanadi
Sobiq chempion Magomed Ankalaev keyingi jangini iyul oyida o'tkazadi, manzil - Abu-Dabi!