
"Men jon deb boks qoidalari asosida jang o'tkazardim, og'ayni. Sportdan uzil-kesil ketishimdan oldin har doim bir-ikkita jang o'tkazishni xohlaganman, lekin hali UFC bilan shartnomam bor. Faoliyatimni yakunlaganimga qaramay, hali ham liga bilan kelishuv bo'yicha oktagonga chiqishim mumkin. Ishoning, men ishtirokimdagi jangni tashkil etish g'oyasini rahbariyatga taklif qilganman. Men va Neyt Diaz Zuffa Boxing`da, keling, buni yarim o'rta vazn toifasida amalga oshiramiz. Ammo ular krossover janglarini o'tkazishni xohlashmayapti.
Ularning maqsadi Zuffa Boxing`ni jiddiy qabul qilishdir. Va o'ylaymanki, agar ular MMA jangchisiga boks bo'yicha jang o'tkazish uchun yashil chiroqni berishganida, boshqalar ham shuni xohlagan bo'lardi. Bu tartibsizlikka olib keladi. Vaholanki, MMA jangchilari ishtirokida bir nechta tomoshabop boks janglarini o'tkazish mumkin edi", - deya Porening so'zlarini keltradi MMA Mania.

Oq uydagi UFC turniri AQSH boks komissiyalari associaciyasi tomonidan licenziyalanadi