
Musobaqaning ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasidan faqatgina bir nafar bokschi — SHahzod Muzaffarov ringga ko'tarildi.
Iordaniya vakili Mahdi Almashalehga qarshi bahsda hamyurtimiz ortiqcha qiyinchiliksiz 5:0 hisobida zafar quchdi.
Endi Muzaffarov chorak final bosqichida qozog'istonlik ikki karra Jahon chempioni Maxmud Sabirxan bilan to'qnash keladi.