
Bugun qita birinchiligida chorak final janglari davom ettiriladi. Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar bokschisi yarim final chiptasi uchun ringga ko'tariladi. Bugun g'alaba qozonadigan bokschilar Osiyo chempionatining kamida bronza medalini naqd qilishadi.
Bizning vaqt bilan soat 09:45da Sabina Boboqulova ishtirokidagi jang bokschilarimizning bugungi yurishini boshlab beradi. -48 kg vazndagi bokschimiz qozog'istonlik Aygerim Sattibaevaga qarshi ringga ko'tariladi. -80 kg vazn toifasidagi jangda ham o'zbek-qozoq bokschilari qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Fazliddin Erkinboev Erassil Jakpekov bilan yarim final chiptasi uchun jang qiladi.
Bugun ringga chiqadigan bokschilarimiz:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Aygerim Sattibaeva (Qozog'iston) 09:45
-57 kg: Nigina O'ktamova - CHing-YU Yao (Xitoy Taypeyi) 10:15
-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Muhammadaziz Zakirov (Qirg'iz Respublikasi) 11:30
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Atai Damir (Qirg'iz Respublikasi) 14:00
-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Erassil Jakpekov (Qozog'iston) 15:30
-90 kg: Halimjon Mamasoliev - Enkisanaa Gantulga (Mo'g'uliston) 16:15


Osiyo chempionati. Bokschi-yigitlarimiz Markaziy Osiyo derbilarida g'alaba qozonishdi
SHahram G'iyosov - Jek Ketterol chempionlik jangi uchun rasmiy poster taqdim etildi + FOTO