
Braziliyalik Alis Pereyra ikkinchi raundda Xeyli Kouenni tizza zarbasi bilan nokautga uchratib, nafaqat UFC`dagi birinchi g'alabasini qayd etdi, balki "Oqshom chiqishi" uchun 100 000 dollarlik chekni ham qo'lga kiritdi.
UFC Fight Night 272 turniri kardida braziliyalik Alessandro Kosta ham 100 ming dollarlik bonusga loyiq ko'rildi. U ikkinchi raundda avstraliyalik Styuart Nikolni tana qismiga bergan zarbasi evaziga taslim etdi.
Tommi MakMillen va Manolo Zekkini o'rtasidagi to'qnashuv bugungi turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Har ikki jangchi 100 000 dollardan mukofot puli oladigan bo'ldi.
SHuningdek, erta nokautli g'alaba mualliflari Renato Moykano, Abdul-Rahmon Yahyoev, Etin Yuing va Treshon Gorg 25 ming dollarlik chekka ega chiqishdi.

Osiyo chempionati. Bokschi-yigitlarimiz Markaziy Osiyo derbilarida g'alaba qozonishdi
SHahram G'iyosov - Jek Ketterol chempionlik jangi uchun rasmiy poster taqdim etildi + FOTO