SportUz.Tv

Cakkizta "finish" qayd etilgan UFC Fight Night 272 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

05.04.2026 09:00    


Rasmni yuklab olish

Bugun tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

Jami 13 ta jangdan 8 tasi muddatidan avval yakunlandi. Nokautlar oqshomining asosiy jangi ham muddatidan avval to'xtatildi. Engil vaznlilar jangida braziliyalik Renato Moykano shotlandiyalik Kris Dunkanni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. 

Oqshomning co-main event jangi ayollar o'rtasida birinchi eng engil vaznda UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Virn Yandiroba braziliyalik vatandoshi Tabata Richchini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi.

Ahamiyati jihatidan uchinchi muhim jangi yarim og'ir vazn toifasida tashkil etildi. Unda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan turkiyalik Abdul-Rahmon Yahyoev dunyoning eng kuchli ligasidagi ikkinchi g'alabasini tantana qildi. Bu safar u braziliyalik Brendson Ribeyroni birinchi raundda ortdan bo'g'ish usuli bilan engdi.

Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili Azamat Bekoev uchinchi raundda amerikalik Treshon Gorga gilotina usulida yutqazib qo'ydi. Bugungi oqshomda shuningdek, Etin Yuing, Tommi MakMillen, Alessandro Kosta, Darrius Flauers va Alis Pereyra ham o'z janglarini muddatidan avval qo'lga kiritilgan g'alabalar bilan yakunlashdi.


UFC Fight Night 272 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Renato Moykano Kris Dunkanni sabmishn (ortdan bo'g'ish) usulida engdi – 2-raund, 3:14

Virn Yandiroba Tabata Richchini ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 29-28, 29-28)

Abdul-Rahmon Yahyoev Brendson Ribeyroni sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga taslim etdi – 1-raund, 2:52

Etin Yuing Rafael Estevamni texnik nokaut (tanaga zarba) bilan mag'lub etdi – 3-raund, 1:44

Tommi MakMillen Manolo Zekkinini texnik nokautga uchratdi (tanaga tizza bilan zarba) – 1-raund, 3:57

Jose Delano Robert Ruxalni ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (30-26, 29-27, 29-27)


Prelim kard janglari

Tomas Petersen Gilerme Patani hakamlar qaroriga (28-28, 29-27, 29-27) ko'ra yutdi

Alessandro Kosta Styuart Nikoll nokaut qildi (tanaga zarba) – 2-raund, 4:56

Darrius Flauers Lando Vannatni texnik nokautga uchratdi – 2-raund, 0:52

Alis Pereyra Xeyli Kouenni nokaut bilan engdi (tizza bilan zarba) – 2-raund, 4:24

Treshon Gor Azamat Bekoevni texnik sabmishn (gilotina usulida bo'g'ish) qildi – 3-raund, 3:27

Dioni Barbosa Melissa Gattoni ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (28-28, 29-27, 29-27)

Kay Kamaka Dakota Xoupni hakamlarning ayri qarori bilan engdi (28-29, 29-28, 29-28)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: