SportUz.Tv

Qozog'iston Osiyo chempionatida ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi

31.03.2026 13:39    


Rasmni yuklab olish

SHu kunlarda Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahri boks bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan Qozog'iston ayollar terma jamoasi hozirga qadar 3 ta yo'qotishga uchradi.

Rimma Volosenko (60 kg) 1/8 final bosqichida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining kumush medali sohibasi, hindistonlik Priya Priyaga mag'lub bo'ldi - 0:5 (27:30, 27:30, 27:30, 28:29, 27:30).

Jazira Orakbaeva (51 kg) esa KXDR vakilasi Kum Bol An bilan bahsda jarohat sababli uchinchi raundga chiqmadi.

Elina Bazarova (54 kg) Hindiston terma jamoasi azosi Pritiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: