SportUz.Tv

Tim Czyu kamar uchun jang o'tkazdi

05.04.2026 13:24    


Rasmni yuklab olish

Bugun Avstraliyaning Vullongong shahrida professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasi vakillari avstraliyalik Tim Czyu va albaniyalik Denis Nurdja o'rtasida kechdi. Jang boshidayoq Tim raqibi bilan bosh to'qnashuvidan keyin jarohat oldi, ammo bu uning jangda etakchilikni qo'lga kiritishiga to'sqinlik qilmadi.

To'rtinchi raundda Czyu chap qo'li bilan Nurdjani nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Jang to'liq 10 raund davom etdi va Tim yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Uchchala hakam ham 100-88 hisobidagi g'alabani avstraliyalikka taqdim etishdi.

Mashhur Konstantin Czyuning to'ng'ich o'g'li navbatdagi jangini amerikalik tajribali Errol Spensga qarshi o'tkazishi kutilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: