
"Hurmatli muxlislar, assalomu alaykum! Bir yarim oy oldin sizlarni yorqin g'alabam bilan xursand qilgandim, ammo noxush xabar tarqaldi — bu jang hisobga olinmaydi.
Nega? Hozir turli xil malumotlar tarqalyapti. Xususan, meni dopingda ushlashgani haqida gap-so'zlar bor. Gap dorixonada sotiladigan dori — siydik haydovchi vosita haqida ketyapti. Jang haftasi davomida ko'p suv ichgandim va bu dori organizmdan suyuqlikni chiqarishga yordam bergan. Rostini aytsam, uning taqiqlangani haqida avvaldan bilmaganmiz.
Bu oddiy dori vositasi, narxi ham arzon. Bu — mening xatom. SHu bilan birga, bu barcha birodarlarimiz va boshqa sportchilar uchun saboq bo'lishi kerak — dorixonalarda ham taqiqlangan moddalar ko'p. Ammo bu testosteron, masteron yoki meldoniy kabi taqiqlangan preparatlar emas, bu boshqacha holat.
Natijada meni musobaqalardan chetlatishdi. Yana 10 oy qoldi. Umuman olganda, oldimda yana 6 ta jang bor. Bu faqat mening xatom! Inshaalloh, biz yana qaytamiz. barchaga rahmat!", deya vaziyatga munosabat bildirgan Idiris.
Osiyo chempionati. Bokschi-yigitlarimiz Markaziy Osiyo derbilarida g'alaba qozonishdi
SHahram G'iyosov - Jek Ketterol chempionlik jangi uchun rasmiy poster taqdim etildi + FOTO