SportUz.Tv

Osiyo chempionati. Bokschi-yigitlarimiz Markaziy Osiyo derbilarida g'alaba qozonishdi

05.04.2026 17:06    


Rasmni yuklab olish

Ulan-Bator shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kuni 1/4 final janglari davom ettirildi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar bokschisi 1/2 final chiptasi uchun ringga ko'tarildi. Bugungi janglarda g'alaba qozongan bokschilar Osiyo chempionatining kamida bronza medalini naqd qilishdi.   

Birgina bokschilarimizning bugungi ishtirokini boshlab bergan Sabina Boboqulova (-48 kg) teng kurashlar ostida kechgan jangda qozog'istonlik Aygerim Sattibaevaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qolgan barcha charm qo'lqop ustalarimiz raqiblari ustidan yaqqol ustunlik bilan zafar quchib, 1/2 finalga yo'l olishdi.   

-80 kg vazn toifasidagi jangda ham o'zbek-qozoq bokschilari qarama-qarshiligiga guvoh bo'ldik. Fazliddin Erkinboev Erassil Jakpekovni 5:0 hisobida engdi. Jasurbek Yo'ldoshev va Javohir Abdurahimov qirg'izistonlik raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Bokschilarimizning bugungi ishtirokini yopib bergan jangda Halimjon Mamasolievning mo'g'ulistonlik raqibi Enkisanaa Gantulga jarohati sabab ringga chiqmadi va texnik g'alaba hamyurtimizga taqdim etildi.   


Bugun ringga chiqqan bokschilarimiz:

-48 kg: Sabina Boboqulova - Aygerim Sattibaeva (Qozog'iston) 2:3

-57 kg: Nigina O'ktamova - CHing-YU Yao (Xitoy Taypeyi) 5:0

-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Muhammadaziz Zakirov (Qirg'iz Respublikasi) 5:0

-75 kg: Javohir Abdurahimov - Atai Damir (Qirg'iz Respublikasi) 5:0

-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Erassil Jakpekov (Qozog'iston) 5:0

-90 kg: Halimjon Mamasoliev - Enkisanaa Gantulga (Mo'g'uliston) texnik g'alaba



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: