
Himoya vositalarida ishtirok etgan Makgregor mahalliy havaskor Barri Nolanga qarshi uch raundlik jang o'tkazdi va hamyurtini ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor 2017 yilda professional boksdagi hozirgacha yagona jangini o'tkazgan va o'ninchi raundda Floyd Meyvezerga texnik nokaut bilan yutqazib qo'ygandi. Uning oktagonga qaytishi 11 iyulga rejalashtirilmoqda. Konor Las-Vegasdagi Xalqaro janglar haftaligini yopadigan ananaviy yillik UFC turnirida amerikalik Maks Xolloueyga bilan to'qnash kelishi kutilyapti.