
SHunga qaramay, yana bir sobiq chempion Kamaru Usman do'stini jangchi sifatida hali ham raqobatbardosh deb hisoblamoqda.
"Men Israelning muxlisiman. Lekin o'zim ham shunday vaziyatlarda bo'lgan jangchi sifatida uning holatiga havas qilib bo'lmasligini yaxshi tushunib turibman. Ammo qanchalik og'ir bo'lmasin, uning kuchli bo'lib qaytishiga ishonaman. U hali ham ko'p narsaga qodir - bu ko'rinib turibdi. Adesanya hali ham raqiblarni "qism"larga ajratishi mumkin. Lekin bunday vaziyatga tushib qolganingizda, o'zingizga shubha qilmaslikning deyarli iloji yo'q.
Ko'tarilgan va yosh bo'lganingda, shunchaki chiqib, ketma-ket g'alaba qozonasan. SHubha qilishga vaqting yo'q. Senda shunday ichki kayfiyat bor. Ammo sen cho'qqida bo'lganingda va sekin-asta pastga tusha boshlaganingda, shubhalar bu pasayish bilan birga keladi. Menda bu hali ham bormi? Men hali ham eplay olamanmi? Men hali ham shu darajadamanmi? Bu kabi savollarning keti uzilmaydi. SHuning uchun bir ilojini qilib, dengizga langar tashlab, qayiqni orqaga qaytarish kerak", - dedi Usman.
Malumot uchun, Israel Adesanyaning so'nggi g'alabasi 2023 yilga to'g'ri kelmoqda. O'shanda u Aleks Pereyrani nokautga uchratib, o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qaytarib olgandi. SHundan keyin nigeriyalik SHon Striklend, Drikus Dyu Plessi, Nassurdin Imavov va Jo Payferga imkoniyatni boy berdi.
