
Liga rasmiy saytida xabar berilishcha, 1 may kuni "Humo Arena"da o'tkaziladigan turnir kardiga qiziqarli va shu bilan birga olovli jang qo'shildi. Pop-MMA jangchilari Odilxon Kamalov va tojikistonlik Kamil Karate nomi bilan tanilgan Qamariddin Hasanov o'zaro uchinchi bor oktagonda to'qnash keladi. Trilogiya Liga tomonidan rasman tasdiqlandi.
Bu ikki sportchi o'rtasidagi o'zaro uchinchi jangga aylanadi. Ularning dastlabkisi Kamilning qo'lidan olgan jarohati sabab o'tkazilmagan deb topilgan bo'lsa, ikkinchi bellashuvda Odilxon mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Har ikkala jang ham "Humo Arena"da tashkil etilgandi. Uchinchi jang barcha savollarga javob beradi.
